Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, So`x tumanida ikki "Lacetti" avtomobillari ishtirokida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.
Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmatining xabar berishicha, joriy yilning 8 mart kuni soat 17:00 larda, Farg`ona viloyati, So`x tumani, "Umbara" MFY hududidan o`tgan avtomobil yo`lida, bir yo`nalishda harakatlanib ketayotgan haydovchilar, 1969 yilda tug`ilgan V.M. boshqaruvidagi hamda 2005 yilda tug`ilgan F.I. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
To`qnashuv natijasida, ikki haydovchi hamda yo`lovchilar J.A. va A.Q.lar tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
Mazkur YTH yuzasidan So`x tumani IIB YHXG mas`ul xodimi tomonidan surishtiruv olib borilib, tegishli hujjatlar to`plangan. O`rganish davomida fuqarolarning tan jarohati bo`yicha tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasi o`rganilib, ushbu YTHda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasida ko`rsatilgan jinoyat tarkibi mavjud emasligi aniqlangan. Surishtiruv davomida haydovchi V.M. mast holda avtomobil boshqarganligi aniqlangan va unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 131- va 133-moddalari tartibida, shuningdek, haydovchi F.I. haydovchilik guvohnomasisiz avtomobil boshqarganligi aniqlangan va unga nisbatan mazkur Kodeksning 135-moddasi 2-qismi tartibida to`plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo`yicha So`x tumani sudiga yubrilishi chorasi ko`rilmoqda.






