AsosiyJamiyat

To`palang daryosidan XV asrga oidligi taxmin qilinayotgan ot haykalchasi topildi

'To`palang daryosidan XV asrga oidligi taxmin qilinayotgan ot haykalchasi topildi'ning rasmi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi To`palang daryosi o`ng qirg`og`idan bronzadan quyma uslubda yasalgan ot haykalchasi topildi.

– Daryoning Alisher Navoiy nomli mahallasi hududidan oqib o`tuvchi qismidan ilgariroq Mirzo Ulug`bek zarb ettirgan tangalar topilgani xabar qilingan edi, – deydi viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi mas`ul xodimi Bekzod O`raqov. – Ot haykalchasi ham ana shu erdan topib olingan bo`lib, u kelgusida hudud tarixini o`rganishda muhim manba bo`lib xizmat qilishi mumkin.

Termiz arxeologiya muzeyiga topshirilgan ot haykalchasi mutaxassislar tomonidan chuqur o`rganilib, dastlabki xulosa berildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, 91,57 gramm o`lchamga ega bronza ot haykalchasi To`palang daryosi ichida Mirzo Ulug`bek nomidan XV asrga oid tangalar bilan bir joydan topilgani uchun shu asr bilan davriylashtirildi. Kelgusida bu erda olib boriladigan tadqiqot ishlari mazkur topilma sanasini yanada oydinlashtiradi.

    Boshqa yangiliklar