AsosiyJamiyat

Yaponiyadan AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

'Yaponiyadan  AstraZeneca vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi'ning rasmi

Bugun, 17 mart kuni mamlakatimizga Yaponiyadan gumanitar yordam sifatida 201 600 doza AstraZeneca vaksinasi keltirildi.

Shunday qilib, O`zbekistonda foydalanilayotgan vaksinalar miqdori 61 470 153 dozaga etdi.

Ulardan:  

  • 2 606 080 dozasi AstraZeneca;
  • 41 996 268 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
  • 1 341 790 dozasi "Sputnik V";  
  • 8 580 460 dozasi Moderna;
  • 4 626 180 dozasi Pfizer/BioNTech;
  • 1 976 000 dozasi Sinovac;
  •  343 375 dozasi Sputnik Light vaksinasidir.

Shundan 47,3 million dozadan ortiq vaksina emlash jarayonlarida qo`llanildi.

Hozirda mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi 14 111 439 doza vaksina zaxirasi mavjud.

    Boshqa yangiliklar