AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 61 nafar fuqaroning mablag`ini qo`lga kiritgan sobiq bank xodimlari aniqlandi

'Sirdaryoda 61 nafar fuqaroning mablag`ini qo`lga kiritgan sobiq bank xodimlari aniqlandi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma`lum qildi. 

Ma`lum bo`lishicha, epartamentning Sardoba tumani bo`limi tomonidan AT “Xalq banki” Sardoba filialining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, AT “Xalq banki” Sardoba filiali sobiq xodimlari A.M., N.S., O.T. va boshqalar o`zaro til biriktirib, 54 nafar fuqaroning xabardorligisiz ular nomiga 1,2 mlrd so`m kredit ajratilishiga erishib, o`zganing mulkini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi, shuningdek, 7 nafar bank mijozlari tomonidan kredit qarzdorligini so`ndirish maqsadida topshirilgan 18 mln so`m naqd pulni bank kassasiga kirim qilmasdan shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar