Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati boshqarmasi chaqaloqini sotayotgan ayolini sotish jarayonida qo`lga oldi.
Ma`lum bo`lishicha, Denov tumanida yashovchi fuqaro M.A (2001 yilda tug`ilgan) viloyat Perinatal markazida uchinchi farzandini dunyoga keltiradi hamda uni sotishga tushadi.
Holatdan xabar topgan Angor tumani O`zbekiston mahallasida yashovchi fuqaro A.N. (1978 yilda tug`ilgan) esa bu haqda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasiga ma`lum qiladi.
Fuqaroning arizasi asosida 2022 yil 12 mart kuni soat 17.30 DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tumani bo`limi xodimlari va tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Tadbir natijasida M.A. viloyat perinatal markazida tug`ilgan Madina ismli qiz farzandini fuqaro A.N.ga sotish maqsadida avvaldan kelishilgan 20 million so`mni olgan vaqtda daliliy ashyolar bilan jinoyat ustida qo`lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan M.A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.






