Ortda qolgan bir kun davomida ukrainalik qochqinlar soni 100 ming kishiga ko`paydi. Natijada, mamlakatda urush boshlanganidan beri 3,16 million kishi tark etgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma`lum qildi.
Tashkilot bergan ma`lumotlarga ko`ra, qochqinlarning ko`pchiligi Polshadan panoh topgan. Shuningdek, 500 ming kishi Ruminiyada, 350 ming kishi Moldovada, 280 mingdan ortiq aholi Vengriya, 230 ming kishi Slovakiyaga yo`l olgan.
Bundan tashqari, 170 ming nafar aholi Rossiyadan panoh topgan.
Irlandiya, Gresiya, Xorvatiya, Lyuksemburg, Vengriya ham qochqinlarni qabul qilishni boshlab yuborgan.
Umuman olganda, urush boshlanganidan keymin Ukrainada 6,7 millionga yaqin aholi o`z uylarini tark etishga majbur bo`lgan. Bu ko`rsatchiklar yanada o`sishi taxmin qilinmoqda.






