Fransiya yaqin kunlarda Ukrainaga 300 million evro miqdorida moliyaviy yordam jo`natmoqchi. Bu haqda mamlakat TIV rahbariga tayangan holda TASS xabar bermoqda.
"Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian respublika prezidenti Emmanuel Makron e`lon qilganidek, yaqin kunlarda [Ukrainaga] 300 million evro miqdorida moliyaviy yordam yuborilishini tasdiqladi”, — dedi TIV vakili.
Xabarda ta`kidlashicha, qo`shimcha moliyaviy yordam ajratish masalasi Le Drian va uning ukrainalik hamkasbi Dmitriy Kuleba o`rtasidagi suhbat chog`ida muhokama qilingan. Idoralar rahbarlari, shuningdek, o`t ochishni to`xtatish zarurligini muhokama qilishgan.
Bundan tashqari, Le Drian Ukraina hududidagi fuqarolik yadroviy inshootlari xavfsizligini ta`minlash uchun MAGATE bilan hamkorlik qilish zarurligini ta`kidlab o`tgan.






