AsosiyDunyo

Evropa kosmik agentligi Roskosmos bilan missiyani bekor qildi

'Evropa kosmik agentligi Roskosmos bilan missiyani bekor qildi'ning rasmi

Endi Rossiya Marsda o`zi tadqiqod olib boradi. Bu haqda Zamon.uz' yozmoqda.

Qayd etilishicha, Evropa kosmik agentligi ExoMars missiyasi bo`yicha hamkorlik qilishdan bosh tortganidan so`ng, Roskosmos rahbari Dmitriy Rogozin davlat korporasiyasi bir necha yil ichida Marsga missiyani mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkinligini aytdi.

"Ha, biz bir necha yil yo`qotamiz, lekin biz ushbu tadqiqot ekspedisiyasini "Vostochniy" kosmodromining yangi uchirish majmuasidan mustaqil ravishda amalga oshiramiz", —  dedi Rogozin.

Rogozin evropaliklarning ExoMars loyihasidan chiqib ketishidan afsusda ekanini bildirib, bu 2022-yil sentyabr oyida Rossiya-Evropaning Marsga qo`shma missiyasi bekor qilinganini anglatishini ma`lum qildi.

ExoMars — ESA va Rossiya davlat korporasiyasi Roskosmosning Marsni tadqiq qilish bo`yicha qo`shma dasturi bo`lib, uning asosiy maqsadi sayyorada o`tmishda va hozirgi paytda hayot mavjudligiga oid dalillarni izlashdan iborat.

    Boshqa yangiliklar