AsosiyJamiyat

Ilk bor xalqaro yo`nalishda poezd qatnovi yo`lga qo`yilmoqda

'Ilk bor xalqaro yo`nalishda poezd qatnovi yo`lga qo`yilmoqda'ning rasmi

 "O`ztemiryo`lyo`lovchi" ilk bor xalqaro yo`nalishda poezd qatnovi yo`lga qo`yilayotganini ma`lum qildi.

Bundan maqsad yo`lovchilarning murojaatlarini qondirish va ularga transport xizmatlarini ko`rsatishni yanada ko`paytirish. Qayd etilishicha, shu bois joriy yil 1 apreldan boshlab, "Nukus-Beyneu-Nukus" yo`nalishida 647/648 -sonli yo`lovchi poezdlari qatnovi yo`lga qo`yiladi.

Harakat jadvaliga ko`ra 647-sonli yo`lovchi poezdi haftaning seyshanba, juma va yakshanba kunlari Nukus temir yo`l vokzalidan soat 04:16 da jo`naydi va harakat davomida ushbu poezd Xo`jayli, Qo`ng`irod, Jaslik, Qoraqalpog`iston stansiyalarida ham to`xtab o`tadi.

    Boshqa yangiliklar