Ijtimoiy tarmoqda Nishon tumanida YTH sabab avtomobillardan biri yonib ketganligi haqida xabarlar tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati mazkur holat bo`yicha izoh berdi.
M️a`lum bo`lishicha, 2022 yil 17 mart kuni soat 20:30 larda, Qashqadaryo viloyati, Nishon tumani, Nuriston MFY hududidan o`tgan avtomobil yo`lida haydovchi, 1990 yilda tug`ilgan B.Yu. boshqaruvidagi hamda haydovchi, 1992 yilda tug`ilgan B.Sh. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan. To`qnashuv oqibatida haydovchi B.Yu. boshqaruvidagi avtomobilda yong`in yuzaga kelib, o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.
Ushbu YTH va yong`in natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q. Transport vositalariga zarar etgan.
️Holat yuzasidan Nishon tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






