Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda Prezidentning sog`liqni saqlash sohasi vakillari bilan ochiq muloqoti bo`lib o`tmoqda.
Ayni paytda respublikaning 20 mingdan ortiq sog`liqni saqlash tizimi hodimlari bevosita va videomuloqot tarzida davlat rahbari bilan uchrashib turibdi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri Sardorbek Rahmonqulov.
Tadbir avvalida sog`liqni saqlash vaziri Behzod Musaev tizimga berilgan e`tibor, tibbiyot sohasi hodimlari bilan o`zgacha formatda tashkil etilgan ochiq muloqot uchun prezident Shavkat Mirziyoevga minnatdorchilik bildirdi.
Bunga javoban prezident tibbiyot ahliga:
"Faqat kiygan xalatlaringiz emas, ko`ngillaring ham pok... Men yurakdagi dardlaringni savol bermasalaring ham bilaman, tushunaman", - dedi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoev ancha vaqtdan beri bo`lishi kutilayotgan mazkur uchrashuvning kechikkaniga izoh berdi.
"60 foizi shaxsiy savollar. Nima uchun bu uchrashuv cho`zildi? 85 foiz muammolar avval hal qilindi. Albatta, hammaning ham savolini birdaniga hal qilolmaymiz. Bilim bilan, vaqt bilan echiladi", - dedi davlat rahbari.
Ochiq muloqot davom etmoqda.






