AsosiyJamiyat

Vodiydagi barcha gaz "zapravka"lari bugun soat 18:00dan yopiladi

'Vodiydagi barcha gaz "zapravka"lari bugun soat 18:00dan yopiladi'ning rasmi

Bu haqda "O`zransgaz" AJ Matbuot xizmati xabar berdi. 

Takidlanishicha, Jamiyat  uchun sovuq va nam ob-havo sharoitida aholi, iste`molchilar va ijtimoiy soha obektlari, strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalarni uzluksiz va barqaror tabiiy gaz bilan ta`minlash birlamchi vazifa sanaladi.

Shundan kelib chiqqan holda, tabiiy gaz iste`molchilarining salmoqli qismini tashkil etuvchi Farg`ona vodiysidagi aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va strategik ahamiyatga ega ob`ektlarni tabiiy gaz bilan barqaror ta`minlash maqsadida vodiy viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor stansiyalari 18-mart soat 18.00 dan 19-mart soat 06.00 gacha faoliyatini to`xtatadi.

 

    Boshqa yangiliklar