AsosiyJamiyat

Prezident shifokorlar bilan muloqotda bildirilgan achchiq, ammo haqqoniy va xolis fikrlar har tomonlama foydali bo`lganini ta`kidladi

'Prezident shifokorlar bilan muloqotda bildirilgan achchiq, ammo haqqoniy va xolis fikrlar har tomonlama foydali bo`lganini ta`kidladi'ning rasmi

 Ochiq muloqotdan so`ng Prezident bugungi tadbir, unda bildirilgan achchiq, ammo haqqoniy va xolis fikrlar har tomonlama foydali bo`lganini ta`kidladi. Bu haqda Davlat rahbarining Matbuot kotibi xabar bermoqda.

"Sizlar bilan mana shunday yangicha shaklda tibbiyot sohasidagi muammo va kamchiliklar, ustuvor vazifalar haqida batafsil fikrlashib oldik. Ko`pgina masalalarni hal etish bo`yicha amaliy echimlarni topdik.

 Oldimizda turgan bunday ulkan va dolzarb vazifalarni amalga oshirishda loqaydlik, beparvolik va sustkashlikka yo`l qo`yishga hech kimning haqqi yo`q.

Chunki gap inson hayoti, inson salomatligini asrashdek hal qiluvchi masala ustida bormoqda.

 Ishonamanki, O`zbekiston tibbiyot xodimlari bunga albatta qodir.  

Sizlar pandemiya davridagi og`ir sharoitda xalqimiz sog`lig`ini asrab qolish uchun, chinakam qahramonlik va jasorat ko`rsatganingiz buning yaqqol isbotidir.

Buyuk Ibn Sinoning vorislari bo`lgan siz, azizlar bilan birga oldimizda turgan ulug`vor vazifalarni ado etib, xalqimizni rozi qilishimizga, albatta ishonaman", dedi davlatimiz rahbari yakuniy so`zida.

    Boshqa yangiliklar