Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining O`zbekistondagi vakili Lian Kuppens bugun, 18 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoevning tibbiyot xodimlari bilan o`tkazgan ochiq muloqotida O`zbekistondagi faoliyati haqida fikr bildirdi:
— O`zbekistondagi faoliyatimni besh yil oldin boshlaganman. Siz saylanganingizdan keyin biroz fursatdan so`ng bu erdagi vakolatimni boshladim. Shuning uchun besh yillik kuzatuvlarim bilan o`rtoqlasha olaman.
Juda ham katta o`zgarishlar va islohotlar guvohi bo`ldim. Ayniqsa, bu erda davolashdan ko`ra ko`proq kasallikni oldini olishga urg`u berilishiga, vertikal boshqaruvdan bevosita gorizontal keng qamrovli yondashuvga asos solinganiga guvoh bo`ldim.
Yigirma besh yil davomida turli mamlakatlarda vakolatim bo`yicha ish olib bordim. Shu narsani ochiq-oydin aytishim mumkinki, Sizdek shijoatli, yuksak maqsadlarni ko`zlagan, serg`ayrat Prezidentni ko`rmadim.
Covid pandemiyasi boshlanganidan keyin Sizning bevosita etakchiligingiz ostida qisqa fursatda pandemiyani nazorat ostiga olishga, salbiy ta`sirini minimal darajaga tushirishga muvaffaq bo`lindi.
O`zbekiston buni qanday boshqarganligi, nazoratga olganligi namuna qilsa arziydigan a`lo darajadagi echimlardir, — dedi u.






