"Tolibon" harakati Afg`onistonda aholining har qanday xorijiy teleseriallarni ko`rishi va ularning televidenieda namoyish qilinishini taqiqladi. Bu haqda "RIA Novosti" ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Afg`onistonda Hindiston va Turkiya seriallari namoyish etib kelingan. Ushbu lentalar, xuddi shu mamlakatlar musiqalari kabi, katta tomoshabinlar orasida mashhur edi.
Tolibon Madaniyat Komissiyasi va Taqiqlash vazirligi rasmiylari payshanba kuni afg`on teleradiokompaniyalari bilan uchrashuv o`tkazgan. “Tolibon dari va pushtu tillariga tarjima qilingan har qanday xorijiy teleseriallarni ko`rsatishni to`xtatish topshirig`i berilgan.
Shundan keyin ham taqiq buzilgan taqdirda, mutasaddilar hech qanday bahonani qabul qilmasligi qayd etilgan.






