Belgiyada koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 24 foizga oshdi. Bu haqda Sciensano sog`liqni saqlash institutining statistik ma`lumotlariga tayangan holda "Interfaks" xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakat bo`ylab har kuni o`rtacha 8614 ta kishida infeksiya qayd etilmoqda.
Shu bilan birgalikda, koronavirus tashxisi qo`yilganlarninn har kuni kasalxonaga yotqizilganlar sonining ko`payishi kuzatildi. Bu 14% ni tashkil etdi. Kasalxonalarga kuniga o`rtacha 163,3 nafar bemor yuborilmoqda.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, ma`lum bir farovon davrdan keyin mamlakatdagi epidemiologik vaziyatning o`sish dinamikasi yaqinda antikoronavirusga qarshi cheklovlar bekor qilingani bilan bog`liq.
Belgiyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri 30 510 kishi ushbu infeksiyadan vafot etgan.






