AsosiyDunyo

Amazon Gollivudning eng birinchi kinostudiyalardan birini 8,45 milliard dollarga sotib oldi

'Amazon Gollivudning eng birinchi kinostudiyalardan birini 8,45 milliard dollarga sotib oldi'ning rasmi

Eng yirik onlayn-riteyler Amazon Gollivuddagi eng qadimgi kinostudiyalardan birini Metro-Goldwyn-Mayer (MGM)  8,45 milliard dollarga sotib olish bo`yicha kelishuvni yakunladi. Bu haqda kompaniya bayonotiga tayanib, Variety xabar bermoqda.

“Ushbu bitimning haqiqiy moliyaviy qiymati katalogdagi [intellektual mulk] xazinasi bo`lib, biz uni iqtidorli MGM jamoasi bilan qayta tasavvur qilish va rivojlantirishni rejalashtirmoqdamiz”, - dedi Prime Video va Amazon Studios  vise -prezidenti Mayk Xopkins.

Ma`lumot uchun, Metro-Goldwyn-Mayer' ning 4000 dan ortiq film va 17 000 teleshoulari, 180 dan ortiq Oskar va 100 dan ortiq Emmi mukofotlarini qo`lga kiritgan.

    Boshqa yangiliklar