AsosiyDunyo

Porsche 2030 yilga borib elektromobillar ishlab chiqarish sonini oshirmoqchi

'Porsche 2030 yilga borib elektromobillar ishlab chiqarish sonini oshirmoqchi'ning rasmi

Germaniyaning Volkswagen guruhiga tegishli Porsche hashamatli avtomobillar brendi 2030 yilga borib elektromobillar  ishlab chiqarishni umumiy ishlab chiqarish hajmining 80 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya xabari asosida "Interfaks" ma`lum qildi

Avvalroq kompaniya bu raqamga nafaqat elektromobillar, balki gibrid dvigatelli avtomobillar ham kiradi deb taxmin qilganini ma`lum qildi. 

“Porsche kelajagi elektrdir”, dedi bosh direktor Oliver Blume.

Kompaniyaning ish rejasi o`zgarishiga sabab, o`tgan yil oxirida Porsche' nigg hozirda yagona elektromobili bo`lmish Taycan elektr versiyalari savdosi sotuvidan kelib chiqqan raqamlarga bog`liqdir . 

2021 yilda sotilgan elektr Taycan ning soni 41 296 tani, 911 versiyasining sotilgani  soni 38 464tani tashkil qilgan. Bu ikkala model uchun ham rekord ko`rsatkichdir. Natijada, Taycan ning ulushi sotilgan avtomobillar umumiy sonining 14 foizini tashkil etdi.

    Boshqa yangiliklar