Kecha, 18 mart kuni yurtimizda kasallikdan 56 nafar bemor tuzalib, umumiy sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizga etdi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati ma`lum qildi.
2022 yil 18 mart holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 237438 (+24) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
3 nafari Sirdaryo viloyatida,
3 nafari Xorazm viloyatida,
7 nafari Toshkent viloyatida,
11 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Qoraqalpog`iston Respublikasida 1 nafar,
- Jizzax viloyatida 1 nafar,
- Navoiy viloyatida 1 nafar,
- Namangan viloyatida 2 nafar,
- Samarqand viloyatida 2 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 3 nafar,
- Xorazm viloyatida 1 nafar,
- Toshkent viloyatida 8 nafar,
- Toshkent shahrida 37 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 234988 (+56) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, kecha 2 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.






