AsosiyDunyo

Sardor Berdimuhammedov rasman Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi

'Sardor Berdimuhammedov rasman Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 9 mart kuni Turkmanistonda prezident saylovi bo`lib o`tgandi.

Sardor Berdimuhammedov rasman Turkmaniston prezidenti lavozimiga kirishdi. Bu haqda TDH agentligi xabar berdi, deya yozmoqda "Zamon" nashri.

Ma`lum qilinishicha, inaugurasiya marosimi Ruxiet saroyida bo`lib o`tgan.

Ma`lumot o`rnida: 40 yoshli Sardor Berdimuhammedov Turkmanistonning Yangi prezidenti etib saylandi. Unga saylovchilarning 73 foizi ovoz bergan. Saylovda jami saylovchilarning 97 foizi ishtirok etgan.

12 mart kuni Turkmanistonda prezident saylovi bo`lib o`tdi. Unda 9 nafar nomzod davlat rahbari lavozimi uchun kurashgan. Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov 11 fevral kuni parlamentda hokimiyatni yoshlarga berishini ma`lum qilgandi.

    Boshqa yangiliklar