AsosiyJamiyat

​​Shaharlararo yo`nalishlarda qo`shimcha avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda

'​​Shaharlararo yo`nalishlarda qo`shimcha avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda'ning rasmi

Transport vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Navro`z bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikamizning turli hududlariga muntazam avtobus yo`nalishlari orqali o`z manziliga etib olishni rejalashtirgan yo`lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Toshkent” avtovokzalidan amaldagi qatnovlarga qo`shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo`nalishlarda o`rtacha 10 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda.

Xususan, 17 mart kuni amaldagi mavjud 22 ta qatnovdan tashqari Toshkent – Samarqand, Toshkent – Xiva yo`nalishlarida bittadan, Toshkent – Denov, Toshkent – Termiz yo`nalishlarida ikkitadan jami 6 ta qo`shimcha qatnovlar amalga oshirildi.

18 mart kuni Toshkent – Zarmitan, Toshkent – Navoiy, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qorako`l yo`nalishlarida qo`shimcha bittadan, Toshkent – Denov, Toshkent – Xiva yo`nalishlarida esa qo`shimcha ikkitadan, Toshkent – Termiz yo`nalishida esa qo`shimcha to`rtta jami 12 ta qo`shimcha avtobus qatnovi amalga oshirildi.

19 mart kuni Toshkent – Zarmitan, Toshkent – Jo`sh, Toshkent – Samarqand, Toshkent – Qorako`l, Toshkent – Denov, Toshkent – Urganch yo`nalishlarida qo`shimcha bittadan, Toshkent – Xiva, Toshkent – Termiz yo`nalishlarida qo`shimcha ikkitadan, Toshkent – Navoiy yo`nalishida qo`shimcha to`rtta jami 14 ta qo`shimcha avtobus qatnovlari tashkil etildi.        

Yo`lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda qo`shimcha qatnovlarni tashkil etish davom etmoqda.

"Shu o`rinda yo`lovchilardan turli firibgarlar hamda yo`lkira narxini sun`iy ravishda oshirgan avtovokzal atrofidagi noqonuniy taksi haydovchilariga to`g`ri kelib qolmasligi uchun chiptalarni  "Toshkent" avtovokzali kassasidan xarid qilishni so`raymiz" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar