Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 39 922 ta engil avtomobillar ishlab chiqarilgan.
Engil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17 546 taga oshgan.
2022 yilning 1 yanvar holatiga har 1000 kishiga o`rtacha 87 ta engil avtomobil to`g`ri kelmoqda.
Qo`mita ma`lumotlariga ko`ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning yanvar-fevral oylarida ishlab chiqarilgan engil avtomobillar:
— “Lacetti-Gentra” - 12 340 dona
— “Cobalt” - 10 787 dona
— “Damas” - 9 283 dona
— “Nexia T-250” - 2 902 dona
— “Spark” - 890 dona
— Maxsus engil avtomobillar - 3 720 dona






