Rossiya harbiylari Ukrainaning Xerson viloyatidan 23 nafar o`zbekistonlikni evakuasiya qildi. Bu haqda «TACC» xabar bermoqda.
Keltirlishicha, Rossiya Mudofaa nazorati markazi rahbari Mixail Mizinsev bu bo`yicha ma`lumot bergan. Rasmiy Qrimga to`qqiz davlatdan 181 nafar chet el fuqarosi, jumladan Nigeriya (32 kishi), O`zbekiston (23 kishi), Qozog`iston (17 kishi), Livan (7 kishi), Shri-Lanka (olti kishi), Pokiston (to`rt kishi), Serbiya (bir kishi) va Tunis (bir kishi), shuningdek, 90 nafar Ukraina fuqarosi evakuasiya qilinganini aytgan.
Qayd etilishicha, evakuasiya o`z fuqarolarini Ukrainadan xavfsiz olib chiqishga ko`maklashish maqsadida elchixonalar so`rovi, shuningdek, Rossiyaning Xerson shahridagi harbiy komendaturasiga murojaat qilgan xorijliklarning iltimosiga binoan tashkil etilgan.






