AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar uchun Umra ziyorati narxi oshirilmoqda

'O`zbekistonliklar uchun Umra ziyorati narxi oshirilmoqda'ning rasmi

O`zbekistonda Umra ziyorati uchun to`lov narxi oshiriladi. Hozircha narxlar qanchaga oshishi haqida aniq ma`lumotlar yo`q. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi ma`lum qilmoqda

Idora xabariga ko`ra, Saudiya Arabistonida karantin talablari yumshatilgani sababli dunyo mamlakatlaridan Umra ziyoratiga keluvchilar soni keskin oshib ketadi. Buning natijasida esa mehmonxona ijarasi narxi sezilarli darajada ko`tariladi. 

Shu bois, transport, oziq-ovqat, viza to`lovlarini hisobga olgan holda har bir ziyoratchi uchun belgilangan to`lov summasiga qo`shimcha ravishda to`lov qilinadi. 

Aytish joizki, ayni vaqtda o`zbekistonliklar o`rtacha 17,8 million atrofida to`lov qilib ziyoratga ketmoqda.

Ma`lumot o`rnida, joriy yilning 17 mart holatiga 21 mingdan ortiq ziyoratchi Saudiya Arabistoniga jo`natilib, ulardan 16 ming nafardan ziyodrog`i Umra amallarini to`liq ado etib, O`zbekistonga qaytib kelgan. Hozirda 5 ming 600 nafarga yaqin ziyoratchi Saudiya Arabistonida Umra ziyoratlarini amalga oshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar