AsosiyJamiyat

12 yoshgacha bo`lgan bolalarni chegaradan olib kirishda PSR testini taqdim etish talab qilinmaydi

'12 yoshgacha bo`lgan bolalarni chegaradan olib kirishda PSR testini taqdim etish talab qilinmaydi'ning rasmi

Turizm va madaniy meros vazirligi O`zbekiston fuqarolari va chet ellik sayyohlarning murojaatlariga muvofiq chegaralarni kesib o`tishning amaldagi tartibiga quyidagi aniqlik va qo`shimchalar kiritilmoqda:

- “72 soat ichida PSR testi”ni topshirish muddati arizachiga PSR testining salbiy natijalari berilgan sana va vaqtdan boshlab hisoblanadi (qog`oz, elektron, QR kod). Yo`lovchida koronavirus infeksiyasi yo`qligi to`g`risidagi ma`lumotnoma O`zbekiston Respublikasi chegarasini kesib o`tish vaqtiga muvofiq bo`lishi kerak;

- agar yo`lovchida PSR testi o`tkazilmagan bo`lsa, O`zbekiston chegarasini kesib o`tayotgan shaxs koronovirus infeksiyasi mavjudligi/yo`qligi uchun ekspress testlardan o`tadi;

- 12 yoshgacha bo`lgan bolalarni chegaradan olib kirishda pasport/emlash sertifikatlarini taqdim etish, shu jumladan PSR testini taqdim etish talab qilinmaydi va ular chegaralarni kesib o`tishda ekspress testlardan o`tmaydi.

- barcha pasportlar/emlash sertifikatlari O`zbekiston chegaralarini kesib o`tishda xorijiy davlatlarning rasmiy organlari tomonidan tan olinadi.

Yuqoridagi barcha talab va qoidalar O`zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari, fuqaroligi bo`lmagan shaxslar, shuningdek, dunyoning istalgan davlatidan O`zbekistonga kelayotgan sayyohlar uchun ham tegishlidir.

O`zbekiston qonunchiligida koronavirus infeksiyasi bilan bog`liq barcha shaxslarning chet elga chiqishi, shu jumladan, ketish uchun PSR testini topshirish bo`yicha hech qanday cheklovlar yo`q. Ammo, agar jo`nab ketayotgan davlatning qonunchiligi va sanitariya qoidalariga ko`ra yo`lovchilarga qo`yiladigan talablar mavjud bo`lsa, O`zbekistonda koronovirus infeksiyasiga qarshi testlardan o`tish va emlash uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

    Boshqa yangiliklar