AsosiyJamiyat

2022 yilda 143 ta bog`cha, 265 ta maktab, 137 ta sog`liqni saqlash muassasasi quriladi

'2022 yilda 143 ta bog`cha, 265 ta maktab, 137 ta sog`liqni saqlash muassasasi quriladi'ning rasmi

“2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2022–2026 yillarda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilish, ta`mirlash hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan qishloq va mahallalar soni bo`yicha maqsadli parametrlar tasdiqlandi.

Shunga ko`ra, belgilangan yillarda respublikadagi jami 2 043 qishloq va mahallalarda (jumladan, 2022 yilda 413 tasida) qurilish, ta`mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Dasturlar doirasida belgilangan yillarda jami 4 057 ta ijtimoiy soha ob`ektlarini, jumladan, 2022 yilda:

➖143 ta bog`cha;

➖265 ta maktab;

➖137 ta sog`liqni saqlash muassasasini qurish, rekonstruksiya qilish va ta`mirlash rejalashtirilgan.

Shuningdek:

➖ 27 722,5 km ichki yo`llar (2022 yilda – 5 113,2 km), 18 574,8 km ichimlik suv tizimlari (2022 yilda – 3 881,7 km tarmoq, 432 ta inshoot) yaxshilanadi;

➖ jami 5 962 ta fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari komplekslari, bozorlar (jumladan, 2022 yilda 253 ta mahalla binosi va guzar, 894 ta bozor) quriladi hamda ta`mirlanadi;

➖ 5 284,2 km optik tolali aloqa tarmoqlari (2022 yilda – 1 327,1 km) quriladi;

➖ 78 ta yangi avtobus yo`nalishlari (2022 yilda 16 ta) tashkil etiladi.

Ichki yo`llarni ta`mirlash uchun 2 trillion so`m, ichimlik suv ta`minotini yaxshilash uchun 1 trillion so`m, ijtimoiy soha va boshqa ob`ektlarni qurish (ta`mirlash) va obodonlashtirishga 1,4 trillion so`m mablag` ajratiladi.

Qarorga ko`ra, 2023 yildan:

qishloq va mahallalardagi mavjud ishlab chiqarish hamda ijtimoiy infratuzilma ob`ektlarining haqiqiy holati tasdiqlangan mezonlar asosida baholanib boriladi;

baholash natijalariga ko`ra eng past ko`rsatkich qayd etgan va o`tgan davr mobaynida Dasturlarga kiritilmagan qishloq va mahallalar Dasturlarga birinchi navbatda kiritiladi.

    Boshqa yangiliklar