AsosiyDunyo

Ukrainani 3,3 milliondan ortiq kishi tark etgan — BMT

'Ukrainani 3,3 milliondan ortiq kishi tark etgan — BMT'ning rasmi

Ukrainada boshlangan harbiy yurishlar oqibatida mamlakatni tark etgan qochqinlar soni 3,3 milliondan ortgan. Bu haqda BMT oliy komissari boshqarmasi ma`lumoti asosida Le Figaro xabar berdi

Qayd etilishicha,  yana 6,5  million kishi mamlakatning boshqa hududlariga ko`chirilgan.

Qochqinlarning asosiy oqimi Polshaga keldi. U erga 2,01 milliondan ortiq ukrainalik kelgan. BMT ma`lumotlariga ko`ra, ularning ko`pchiligi keyinchalik Evropaning boshqa davlatlariga yo`l olgan.

Bundan tashqari, Ruminiyaga 518 mingga yaqin, Moldovaga 359 ming, Vengriyaga 299 ming, Slovakiyaga 240 ming, Belarusga 2548, Rossiyaga 184 mingga yaqin ukrainalik qochqin kelgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar