AsosiyDunyo

Tojikistonda koronavirus cheklovlari bekor qilindi

'Tojikistonda koronavirus cheklovlari bekor qilindi'ning rasmi

Tojikistonda koronavirusga qarshi o`rnatilgan barcha cheklovlar bekor qilindi. Bu haqda Mir24 xabar bermoqda

Qayd etilishicha, mazkur qaror SOVID-19 profilaktikasi va unga qarshi kurash bo`yicha Respublika shtab-kvartirasi tomonidan tasdiqlangan. 

Xususan, jamoat joylarida niqob taqishning majburiy rejimi bekor qilindi. Bundan tashqari, Tojikistonning O`zbekiston bilan davlat chegarasidagi nazorat-o`tkazish punktlari ham normal rejimga o`tmoqda. Mamlakatga kirish uchun COVID-19 ga qarshi to`liq emlanganlik sertifikatini taqdim etish kifoya.

MDHga a`zo davlatlarning tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan hujjatlar tan olinadi. Endilikda respublika hududida qo`shimcha tekshiruvlardan o`tish shart emas.

    Boshqa yangiliklar