AsosiySport

"Roma" Rim derbisida yirik hisobda g`alaba qozondi. Shomurodov yana zaxirada qoldirildi

'"Roma" Rim derbisida yirik hisobda g`alaba qozondi. Shomurodov yana zaxirada qoldirildi'ning rasmi

Italiya A Seriyasi 30-turi doirasidagi markaziy uchrashuv Rim klublari o`rtasida kechdi. 

Unda "Roma" klubi o`z maydonida "Lasio"ga qarshi maydonga tushib, 3:0 hisobidagi g`alabani qo`lga kiritdi. 

Temmi Abraham mazkur bahsda dublga erishgan bo`lsa, yana bir gol Pellegrini hisobiga yozildi. 

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov esa bu safar ham zaxirada qoldirildi. 

Roma – Lasio 3:0
Gollar: 1:0 – 1 Abraham, 2:0 – 22 Abraham, 3:0 – 40 Pellegrini.

    Boshqa yangiliklar