O`zbekistonda 23-24 iyun kunlari ShHT davlat rahbarlarining oliy darajadagi sammiti bo`lib o`tadi. Shu munosabat bilan, mamlakat poytaxtida qo`shimcha xavfsizlik choralari ko`riladi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda.
Oliy darajadagi xalqaro anjumanlarni o`tkazish borasida jahon tajribasidan kelib chiqqan holda, Sammit xavfsizligini ta`minlovchi maxsus xizmatlar, joriy yil 16 iyunidan boshlab, fuqarolar uchun O`zbekiston poytaxtiga kirish va chiqishni taqiqlashga qaror qilgan.
Respublika IIVdagi manbaga ko`ra, shaharga kirish barcha turdagi avtomobil va temiryo`l transporti uchun yopiladi. Bunday choralar, ayrim aviatashuvchilar uchun ham qo`llaniladi. Toshkentga kirishga joriy qilingan vaqtinchalik taqiqlash davlat rahbarlarining O`zbekistondan ketishi bilan bekor qilinadi.
Shahar ichidagi barcha jamoat transportlari esa jadvalda belgilangan tartibda harakatini davom ettiradi.
Bu hali rasmiy ma`lumot emas. Mavzuga aniqlik kiritiladi.





