China Eastern aviakompaniyasining Boeing 737 samolyoti Xitoy janubida halokatga uchradi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, samolyot bortida 133 kishi bo`lgan. Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Ma`lumotlarga ko`ra, samolyot Kunmindan Guanchjouga uchayotgan edi.
“Boeing 737 yo`lovchi samolyoti bortida 133 kishi bo`lgan Xitoyning Guanchjou avtonom rayoni, Uchjou shahri, Teng tumanida halokatga uchradi”, deyiladi xabarda.
Halok bo`lganlar yoki yaralanganlar haqida ma`lumot yo`q.






