AsosiyDunyo

Braziliyada kuchli yomg`ir oqibatida 7 kishi halok bo`ldi

'Braziliyada kuchli yomg`ir oqibatida 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shtatida kuchli yomg`ir yog`ishi sabab kamida 7 kishi halok bo`ldi. Bu haqda TASS xabar berdi. 

Qayd etilishicha, kuchli yomg`ir tufayli yana to`rt kishi bedarak yo`qolgan. Voqea joyiga qutqaruv xizmatlari jo`natilgan. Rio-de-Janeyro shtatining janubiy qirg`og`ida joylashgan Angra dus Reis kurort shahrida yana ikki kishining jasadi topilgan. 

Fevral oyida kuchli yomg`irlar oqibatida 230 dan ortiq odam halok bo`lgan tog`li Petropolis shahrida qutqaruvchilar yangi falokat qurbonlari bo`lgan besh kishining jasadini topdi. Prefektura ma`lumotlariga ko`ra, shaharning turli hududlarida yakshanba oqshomidan boshlab 12 soat davomida yog`ingarchilik miqdori 307 dan 370 mm gacha tushgan

    Boshqa yangiliklar