AsosiyDunyo

Ukrainada boshlangan urush tufayli qancha aholi o`z uylarini tark etgani ma`lum bo`ldi

'Ukrainada boshlangan urush tufayli qancha aholi o`z uylarini tark etgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Urush boshlanganidan buyon Ukrainada kamida 10 million kishi o`z uylarini tark etgan. Bu haqda BMTning qochqinlar masalasi bo`yicha oliy komissari Filippo Grandi ma`lum qildi.

“Ukrainadagi urush shu qadar halokatliki, 10 million kishi uylarini tark etgan. Ya`ni, ayrimlari boshqa mamlakatga qochqin sifatida yo`l olgan bo`lsa, ayrimlari tinch bo`lgan joyni tanlagan", - degan u. 

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo`yicha Oliy komissari boshqarmasi saytida e`lon qilingan statistik ma`lumotlarga ko`ra, 19 mart holatiga ko`ra, Ukrainani 3 million 389 ming 44 kishi tark etgan. Shu bilan birga, ulardan 2 050 392 nafari Polshaga, 527 247 nafari Ruminiyaga, 362 514 nafari Moldovaga, 305 518 nafari Vengriyaga yo`l olgan. 

    Boshqa yangiliklar