Amerika Jons Xopkins universiteti ma`lumotlariga ko`ra, payshanba kuni ertalab dunyoda COVID-19 koronavirusi bilan kasallanganlar soni 472 126 856 nafarga etdi. Bu haqda Worldometer xabar bermoqda.
Pandemiya boshlanganidan buyon 6 093 876 kishi vafot etgan.
Kasallanganlar va vafot etganlar soni bo`yicha etakchilikni Amerika Qo`shma Shtatlar egallab turibdi, u erda SOVID-19 bilan kasallanganlar soni 79 778 889 nafar, vafot etganlar soni 972 634 nafarni tashkil qildi.
Hindiston kasallanganlar soni bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi, jami holatlar soni 43 010 971 ga etdi va virus infeksiyasi oqibatlaridan vafot etganlar soni 516 543 ni tashkil qiladi.
Uchinchi o`rinda Braziliya joylashgan bo`lib, u erda 29 650 082 kishi kasallangan, ulardan 657 595 kishi vafot etgan.






