Ukrainada Rossiyaning harbiy hujumidan boshlanganidan beri kamida 925 nafar tinch aholi vakillari halok bo`ldi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochoqlar bo`yicha Oliy Komissarligi boshqarmasi xabari asosida DW xabar bermoqda.
BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi halok bo`lgan va yaralangan fuqarolarning haqiqiy soni bundan ham ko`proq bo`lishi mumkinligini aytmoqda. Hozircha aniq raqamlar aytilmagan.
Avvalroq BMT tashkiloti Ukrainada o`z uylarini tark etgan aholi soni 10 million kishidan ortganini ma`lum qilgandi.






