Rossiya muxolifat etakchisi Aleksey Navalniy firibgarlik va sudyani haqorat qilishda aybdor deb topildi. Bu haqda RBK ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, Moskvaning Lefortovo sudi 22 mart kuni Aleksey Navalniyga nisbatan hukm chiqardi. Unga nisbatan sud tomonidan 9 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jazo qattiq tartibli koloniyada o`talishi belgilangan. Shuningdek, unga nisbatan 1,2 million rubl miqdorida jarima ham tayinlangan.






