AsosiyDunyo

Afg`onistonda giyohvand moddalar etishtirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda

'Afg`onistonda giyohvand moddalar etishtirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda'ning rasmi

Afg`onistonda giyohvand moddalar etishtirish darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bu haqda AQSh hukumatining Afg`onistonni tiklash bo`yicha osh inspektori Jon Sopko ma`lum qildi.

Sopkoning BMT narkotiklar va jinoyatchilik bo`yicha boshqarmasiga tayanib bergan ma`lumotlariga ko`ra, opiumlar aylanmasining umumiy miqdori 1.8 milliarddan 2.77 milliard dollarga etgan.

Shu bilan birga giyohvand moddalar etishtirish maydonlari qisqargan. Xususan, 2021 yilda narkotik plantasiyalari maydoni 177 ming gektarni tashkil etgan. (2020 yilga nisbatan 21 foizga kamaygan). Ammo giyohvand moddalarni etishtirish 8 foizga oshib, 6.8 ming tonnaga etgan. Afg`oniston YaIMning 9-14 foizini narkotik moddalar savdosi tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar