AQShning Texas va Oklaxoma shtatlariga yopirilgan tornadolar jiddiy zarar etkazdi. Bu haqda Ria Novosti ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, tabiiy ofat natijasida kamida to`rt kishi jarohatlandi, ko`pchilik elektr ta`minotisiz qoldi, maktablar, uylar va boshpana vayron bo`ldi.
Xususan, Texas shtatining Jeksboro shahridagi vayron bo`lgan uydan to`rt kishi qutqarilgan, biroq jiddiy jarohat olmagan. Jeksboro boshlang`ich va o`rta maktab binolari jiddiy shikastlangan va kampuslardan hech kim jabrlanmagan. Lekin polisiya ma`lumotlariga ko`ra, taxminan 70-80ta uch jiddiy zarar ko`rgan.
Hozircha tabiiy ofat oqibatida halok bo`lganlar borasida rasmiy ma`lumot berilganicha yo`q.






