Ukraina hududida harbiy harakatlar boshlanganidan beri 3780 ga yaqin turar-joy binolari qisman shikastlangan, 651 ta turar-joy binosi butunlay vayron qilingan. Bu haqda Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati (GSChS) rahbari Roman Primushch brifingda ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, bu statistik ma`lumotlar qutqaruvchilar hayotiga xavf tug`dirmagan holda etkazilgan zarar miqdorini baholay oladigan ob`ektlarnigina aks ettirgan. Bosib olingan hududlardagi binolar holati inobatga olinmagan.






