AsosiyDunyo

Eron Hindistonga neft va gaz uchun to`lovlarni rupiyada amalga oshirmoqchi

'Eron Hindistonga neft va gaz uchun to`lovlarni rupiyada amalga oshirmoqchi'ning rasmi

Eron Hindistonga neft va tabiiy gaz uchun to`lovlarni hind rupiyasida amalga oshirishni taklif qildi. Bu haqda The Economic Times gazetasi ma`lum qildi

"Eron Hindiston bilan energetika xavfsizligi sohasida hamkorlik qilishga hamda neft va gazni hind rupiyasiga sotishga tayyor", - deya Eronning Hindistondagi elchisi Ali Chegeni. 

Uning so`zlariga ko`ra, Eron yana Hindistonga eng ko`p neft etkazib beruvchi mamlakatlardan biriga aylanmoqchi. 

“Neft ta`minotimiz va Hindiston bilan barcha savdo-sotiqlarimizni rupiydagi hisob-kitoblarga o`tkazish mamlakatlarimizga uchinchi tomon vositachiligidan qochishga hamda tovar aylanmasini 30 milliard dollargacha oshirishga yordam beradi”, degan Chegeni.

    Boshqa yangiliklar