AsosiyJamiyat

Radar bilan jihozlangan xizmat avtomobilida uxlab yotgan YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi

'Radar bilan jihozlangan xizmat avtomobilida uxlab yotgan  YPX xodimi ustidan xizmat tekshiruvi boshlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda  maxsus avtomatlashtirilgan radar moslamasi bilan jihozlangan xizmat avtomobilida YPX xodimi uxlab yotgani aks etgan video tarqaldi. 

YHXB Matbuot xizmati ma`lum qilishicha, joriy yilning 19 mart kuni soat 12:30 larda A-373 M-39 “Guliston-Bo`ka-Angren-Qo`qon-Andijon orqali O`sh” avtomobil yo`lining Ohangaron tumani hududidan o`tgan 126-127 kilometrlari oralig`ida, transport vositalarining tezligini qayd qiluvchi, maxsus avtomatlashtirilgan radar moslamasi bilan jihozlangan "Nexia-3" rusumli xizmat avtomobilida YPX xodimi B.Alimov uxlab yotganligi noma`lum fuqaro tomonidan videotasvirga olingan.

Ta`kidlanishicha,  hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar