AsosiyJamiyat

Toshkentda nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazi ochildi

'Toshkentda nogironligi bo`lgan tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash markazi ochildi'ning rasmi

Toshkent shahrida Ijtimoiy turizm assosiasiyasi hamda Turizm va madaniy meros vazirligi hamkorligida tashkil etilgan Nogironlar va nogironligi bo`lgan shaxslar tadbirkorlarini qo`llab-quvvatlash markazining ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

 Markazning asosiy maqsadi nogiron vatandoshlar va ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun xayriya tadbirlarini o`tkazishdan iborat.

Nogironlar va nogironligi bo`lgan shaxslar tadbirkorlarini qo`llab-quvvatlash markazining asosiy vazifalari:

 • inklyuziv turizmni rivojlantirish bo`yicha qo`shma loyihalarni amalga oshirish;

 • nogironlarning harakatlanishi uchun sharoit yaratishga ko`maklashish;

 • ijtimoiy turizm sohasida davlat dasturlari, huquqiy hujjatlar va boshqa qarorlar loyihalarini ishlab chiqish va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

 • turistik obektlarda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o`rganish;

 • Samarqand, Buxoro, Xiva, Qoraqalpog`istonda qulay turistik yo`nalishlarni rivojlantirish;

 • vazirliklar va boshqa davlat tashkilotlari bilan hamkorlikda xayriya tadbirlarini tashkil etish

 Ushbu markaz “Toshkent – ​​24” uyidagi “Navro`z” etnoparkida joylashgan.

Turizm va madaniy meros vazirligi “Ijtimoiy turizm” assosiasiyasi bilan hamkorlikda “Sayohat barcha uchun” loyihasi doirasida 50 nafar imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun Samarqand va Buxoro shaharlariga ikki kunlik turistik sayohatlar tashkil etdi.

2022-yil davomida mazkur loyiha doirasida 200 kishining Samarqand shahriga sayohatlarini tashkil etish rejalashtirilgan.  Turistlar uchun sarflanadigan xarajatlarning 50 foizi grant mablag`lari, 50 foizi esa xayriya mablag`lari hisobidan qoplanishi taxmin qilinmoqda

    Boshqa yangiliklar