Avvalrov, 21 mart kuni Qo`qon shahrining Shikorbegi ko`chasidagi uylardan birida 5 kishi vafot etgani, vafot etganlar masjid imomi, uning rafiqasi va 3 bolasi bo`lgani haqida xabar bergan edik.
"Hududgazta`minot" AJ baxtsiz hodisa sababini ma`lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu xonadon gazlashtirilgan. Shu bois voqea joyiga gaz ta`minoti tashkiloti mutaxassislari ham etib kelgan.
O`rganish shuni ko`rsatdiki, avtomobil saqlash joyida ikki konturli isitish qozoni o`rnatilgan va uning tepasida yotoqxona joylashgan. Shu bilan birga, dudb`oronda nosozliklar aniqlangan, xususan, uning yaxlitligi buzilgan. Bu esa is gazi to`planishiga sabab bo`lishi mumkin bo`lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko`ra, hozirda ekspertiza o`tkazilib, o`lim sabablari aniqlanmoqda. Shuningdek, tergov harakatlari ham olib borilmoqda.






