AsosiyJamiyat

Tirik bo`rining narxi 1000$ mi? Ekoqo`mita ijtimoiy tarmoqlardagi bo`ri savdosi haqida ma`lumot berdi

'Tirik bo`rining narxi 1000$ mi? Ekoqo`mita ijtimoiy tarmoqlardagi bo`ri savdosi haqida ma`lumot berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tirik bo`ri savdosi bilan shug`ullanayotgan fuqaro aniqlandi. Davlat ekologiya qo`mitasi holat bo`yicha dastlabki ma`lumotlarni e`lon qildi. 

«Ovchi qushlar» telegramm kanalida bo`rini sotayotgan fuqaro Xusniddin Xasanov tomonidan bugungi kunga qadar Davlat ekologiya qo`mitasiga bo`rini tabiatdan ovlashga doir ruxsatnoma berish haqida arizasi kelib tushmagan.

Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan qonun hujjatlariga binoan yovvoyi hayvonlardan maxsus foydalanishga tabiatdan foydalanuvchilar uchun har yili kvota ajratiladi. Yovvoyi hayvonlar tabiatdan turli maqsadlarda ovlanadi (tutiladi).

Biroq, yovvoyi hayvonlarni tabiatdan ovlash (tutish) faqatgina ularning yashash arealidagi soni va ovlash mumkin bo`lgan soniga aniqlik kiritilgandan so`ng ruxsat etiladi.

Davlat ekologiya qo`mitasi tomonidan qo`shimcha o`rganish ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar