Nijniy Tagil shahrida Rossiya kunini nishonlash tadbirida Rossiya imsli qiz ilk marotaba pasport oldi, deb xabar berdi “Rossiyskaya gazeta” nashri.
Bayram arafasida qizga pasportni shahar meri Sergey Nosov tantanali ravishda topshirdi. U shahar aholisi nomidan 2002 yil 10 iyunda tug`ilgan 14 yoshli Rossiya Shramkovani tug`ilgan kuni bilan hamda bayram bilan tabriklab, mamlakatning teng xuquqli fuqarosi bo`lgani bilan qutladi. Sergey Nosov Rossiya ismi kam uchraydigan ismligini, Rossiya davlati kabi takrorlanmas, chiroyli ekanligini ta`kidladi.
Qizga bu ismni otasi tanlagan. U bir asarni o`qiganda, bosh qahramonning ismi Rossiya bo`lgan. Shundan keyin rafiqasi bilan kelishib, ularning hayotida ikkita Rossiya — biri qizi, ikkinchisi esa ona Vatan Rossiya bo`ladi degan qarorga kelishgan.
Qizga tug`ilganlik to`g`risida guvohnoma olishga borgan otani FXDYo xodimlari “bir aylanib keling” deb tashqariga chiqarib, o`zlari yuqoriga qo`ng`iroq qilib, qizchaga Rossiya degan ism qo`yish mumkinligini aniqlashga kirishadilar. Natijada ota-ona qiziga nima uchun bu ismni qo`yayotganlari haqida tushuntirish xati yozishlariga to`g`ri keldi. Qizchaning otasi nima uchun qiziga bu ismni tanlagani haqida yozgan tushuntirish xatiga qisqa qilib, “vatanparvarlik maqsadida” deb yozgan. Hozir qizni uyda ham, maktabda ham qisqa qilib. Rosa deb chaqirishadi. Uning g`alati nomiga hamma ko`nikkan. Qizga nomi hech qanday noqulaylik tug`dirmasa-da, ammo tug`ilgan kunida doimo bir xil bayroq va gerblardan iborat sovg`alarni qabul qilishga majbur bo`ladi.