AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanovni qabul qildi

'Shavkat Mirziyoev Tatariston prezidenti  Rustam Minnixanovni qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 mart kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov boshchiligidagi Rossiya Federasiyasi delegasiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident  Matbuot xizmati xabar berdi

O`zbekiston hududlarining Tatariston bilan o`zaro manfaatli hamkorligini kengaytirishning amaliy jihatlari ko`rib chiqildi.

Ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq ikki mamlakat etakchi korxonalari o`rtasida sheriklik aloqalari va kooperasiya rivojlanayotganining ilk muhim natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi.

O`zaro savdo hajmi ortib, nomenklaturasi sifatli kengaymoqda, qator investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Bugun Toshkent viloyatida yangi “Chirchiq” texnologik parki qo`shma loyihasiga start berildi.

Gumanitar yo`nalishda, shu jumladan ta`lim va madaniyat sohalarida muhim dasturlar amalga oshirilmoqda.

Sanoat kooperasiyasi, axborot texnologiyalari, transport va logistika, farmasevtika va turizm sohalarida loyihalarni yanada ilgari surishga alohida e`tibor qaratildi.

Turli darajalardagi faol muloqotlarni va “yo`l xaritasi” asosida birgalikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

    Boshqa yangiliklar