AsosiyJamiyat

Maktab va bog`chalardan bolalar o`g`rilanayotgani rostmi? IIBB rasmiy munosabat bildirdi

'Maktab va bog`chalardan bolalar o`g`rilanayotgani rostmi? IIBB rasmiy munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab va bog`chalarda bolalarni o`g`rilashga urinayotgan ayol” xaqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan IIBB rasmiy ma`lumot berdi. 

"Joriy yilning 18 mart kuni Toshkent shahar IIBBga 1990 yilda tug`ilgan fuqaro P.K. murojaat qilib, Yunusobod tumanidagi bolalar bog`chasi oldida noma`lum ayol kishi turganligi va o`zini g`alati tutayotganligi, kimni qidirayotganligi so`ralganida adashib qolganligini ma`um qilganligi haqida xabar bergan.

Holat yuzasidan o`tkazilgan tekshiruv jarayonida, bog`cha oldida turgan ayol kishi 1988 yilda tug`ilgan Namangan viloyatida istiqomat qiluvchi I.K. ekanligi, ruhiy-asab kasalliklari dispanserida ro`yxatda turishligi, 2016 yilda o`zi, farzandi va onasi bilan YTHga uchraganligi, ushbu YTHda onasi vafot etganligi, o`zi esa ruhiy kasal bo`lib qolganligi aniqlangan.

Fuqaro I.K. tomonidan bolalarni o`g`irlashga urinish holati bo`lmaganligini ma`lum qilamiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar