Makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash masalalari - Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning doimiy e`tibori va alohida nazorati ostida. Bugun davlat rahbari bu borada navbatdagi yig`ilish o`tkazdi va muhim chora-tadbirlarni belgilab berdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov ma`lum qildi.
Xususan, iqtisodiy kompleks rahbarlari oldiga jahon iqtisodiyotidagi vaziyatning salbiy ta`sirini kamaytirish, tadbirkorlarni qo`llab-quvvatlash, inflyasiyani jilovlash, iste`mol bozorida narxlar barqarorligini ta`minlash, investisiyalar, eksport va boshqa sohalarga doir qator vazifalar qo`yildi.
Ushbu topshiriqlar haqida batafsil ma`lumotni Bosh vazir o`rinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambag`allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo`chqorov, moliya vaziri Timur Ishmetov, investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o`rinbosari Aziz Voitov bergan intervyulardan bilib olishingiz mumkin.






