AsosiyJamiyat

“Toshkent xalqaro marafon tadbiri” doirasida Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi

'“Toshkent xalqaro marafon tadbiri” doirasida Toshkentning ayrim ko`chalari vaqtincha yopiladi'ning rasmi

2022 yilning 27 mart kuni, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 01-07/1-341-sonli yig`ilish bayoniga asosan, Toshkent shaxrida “Toshkent xalqaro marafon tadbiri” o`tkazilishi munosabati bilan, poytaxtimizning tadbir o`tkazilishi mo`ljallangan ko`chalarida transport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi.

Olmazor ko`chasi: Besh yog`och ko`chasidan I.Karimov ko`chasigacha 2022 yilning 25 mart kuni soat 16:00dan 27 mart kuni soat 18:00gacha;

2022 yilning  27 mart kuni soat 05:00dan 18:00 gacha:

  •  I.Karimov ko`chasi: Olmazor ko`chasidan Sh.Rashidov ko`chasigacha;
  •  Sh.Rashidov ko`chasi: I.Karimov ko`chasidan Afrosiyob ko`chasigacha;
  •  Shaxrisabz ko`chasi: A.Temur ko`chasidan Oybek ko`chasigacha;
  •  Afrosiyob ko`chasi: Shaxrisabz ko`chasidan Besh yog`och ko`chasigacha;
  •  Oybek ko`chasi: Nukus ko`chasidan Shaxrisabz ko`chasigacha;
  •  Nukus ko`chasi: Istiqlol ko`chasidan Oybek ko`chasigacha;
  •  A.Qodiriy ko`chasi: Abay ko`chasidan Istiqlol ko`chasigacha.  

 

"Poytaxtimiz aholisi va mexmonlaridan ushbu vaqt oralig`ida yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so`raymiz",–deyiladi rasmiy xabarda. 

    Boshqa yangiliklar