AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi

'Shavkat Mirziyoev Saudiya Arabistoni bilan o`zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 24 mart kuni birinchi Toshkent xalqaro investisiya forumi doirasida mamlakatimizda bo`lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi investisiyalar vaziri  Xolid al-Falih boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Xolid al-Falih O`zbekiston Respublikasiga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ol-Saud va Valiahd shahzodasi Muhammad ol-Saudning salomi va eng ezgu tilaklarini etkazdi.

Suhbat chog`ida ko`p qirrali O`zbekiston-Saudiya munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko`rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari ikki tomonlama hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani, yirik investisiya loyihalari, eng avvalo energetika sohasida ilgari surilayotganini yuqori baholadi.

 “ACWA Power” korporasiyasi mamlakatimizning turli hududlarida energetika infratuzilmasini modernizasiya qilish va “yashil” energetikani rivojlantirish bo`yicha umumiy qiymati 2,7 milliard dollarlik loyihalarni ilgari surishga hissa qo`shayotgani alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida ijtimoiy ahamiyatga ega qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

“Yo`l xaritasi” asosida neft-gaz, gaz-kimyo va kimyo tarmoqlari, tog`-kon sanoati, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash va farmasevtika hamda boshqa ustuvor yo`nalishlarda istiqbolli investisiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishga alohida e`tibor qaratildi.

    Boshqa yangiliklar